8

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi jamoasi “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Seitov Mansur Sherikbayevichni munosib mukofot bilan taqdirlangani munosabati bilan samimiy tabriklaydi.

2025 yil 30 iyul — Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan Mansur Sherikbayevich Oʻzbekiston Respublikasida millatlararo totuvlikni mustahkamlash, bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat muhitini qaror toptirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu eʼtirof — faqat bir shaxsning emas, balki butun markaz jamoasining saʼy-harakatlari, jamiyatda sogʻlom ijtimoiy fikr va fuqarolik birdamligini taʼminlash borasidagi hamjihat mehnati samarasidir.

Mansur Seitovning faoliyati nafaqat ilmiy-amaliy yechimlarga asoslangan, balki u jamiyatda inson huquqlari, muloqot madaniyati va bagʻrikenglik gʻoyalarini ommalashtirishda tashabbuskorlik bilan namoyon boʻlib kelmoqda.

“Ijtimoiy fikr” markazi jamoasi nomidan yana bir bor tabriklaymiz! Muvaffaqiyatlaringiz doimiy, ijtimoiy missiyangiz mustahkam boʻlsin!

Hurmat bilan

“Ijtimoiy fikr” respubliκa

jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi