19.05.2025
24
Joriy yilning 19 may kuni “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Bolalarni himoya qilish kuni oldidan fuqarolar Oʻzbekistonda bolalar tarbiyasi va ular huquqlarining himoya qilinishi haqida” mavzusida sotsiologik tadqiqot oʻtkazishni boshladi.
Mazkur tadqiqotni oʻtkazishdan maqsad fuqarolarning bola tarbiyasiga boʻlgan munosabati, bolalar huquqlarining taʼminlash darajasi, ota-onalarning tarbiyadagi ishtiroki, davlat siyosati va jamiyatdagi ustuvor qadriyatlarga nisbatan fuqarolarning munosabati oʻrganiladi.
Shuningdek mazkur soʻrovnoma doirasida fuqarolardan bolalar tarbiyasidagi muammolar va ularning kelib chiqish sabablari, intizom va qadriyatlarning tarbiyadagi oʻrni, ota-onalarning tarbiyaviy masʼuliyati va moddiy holatining taʼsiri, davlat va taʼlim muassasalarining bolalar tarbiyasidagi roli hamda bolalarni himoya qilish zarur boʻlgan asosiy huquqlar va xatarlar yaʼni jamiyatda bolalarga oid dolzarb muammolar zoʻravonlik, internet xavfsizligi, erta nikoh va boshqalar haqida fikr-mulohazalarini oʻrganishdan iborat.
Ijtimoiy fikr” markazi bolalar huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy ongni oshirish va tarbiya tizimini takomillashtirish borasidagi tadqiqotlarni izchil davom ettiradi. Ushbu tadqiqot jamiyatda bolalarga oid masalalarning dolzarbligi va ularni hal etishda barcha manfaatdor tomonlarning hamkorligi muhim ekanini yaqqol namoyon qiladi.