175

Joriy yilning 11-iyun kuni Adliya vazirligi hamda “Mintaqaviy Muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari. Muammolar va takliflar” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Ushbu tadbir 2024 yilning 13-mayidan 13-iyuniga qadar oʻtkazilayotgan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida boʻlib oʻtdi.

Mazkur davra suhbatidan koʻzlangan maqsad – bolalar va yoshlarning huquqlari himoya qilinishning amaldagi holati, qonunchilikdagi boʻshliqlar, amaliyotdagi muammolar, ularni bartaraf etish yoʻllari va takliflarni muhokama qilishdan iboratdir.

Davra suhbatida 20 dan ortiq vazirlik va idoralar xodimlari ishtirok etishdi, Xususan  Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev, “Mintaqaviy Muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti Oʻzbekistondagi filiali rahbari Petra Goryup, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi masʼul xodimi Fayzimurodova Laylo Normurodovna, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) Rahmatov Sattor Neʼmatovich, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti (Sloveniya) eksperti Miroslav Serar va boshqalar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

Ushbu davra suhbatida “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi matbuot xizmati rahbari, sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, PhD., D.O.Axmedova ham ishtirok etdi.