24

Joriy yilning 24 yanvar kuni “Ijtimoiy fikr“ jamoatchilik fikrini oʻrganish markazida markaz intervyuerlari va soha mutaxassislari ishtirokida  yil yakuni hisoboti boʻyicha ilmiy-amaliy davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Mazkur davra suhbatida 2024 yil davomida amalga oshirilgan tadqiqotlarning ilmiy asoslanganligi, natijadorligi va ularni yanada takomillashtirish imkoniyatlari haqida fikr almashuvlari boʻlib oʻtdi. Shuningdek, muloqot jarayonida keng jamoatchilik fikrini chuqurroq anglash, sohaga oid ilmiy yondashuvlardan samarali foydalanish, tizimli tahlil qilish uslublari hamda tadqiqot jarayonidagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy-amaliy takliflar koʻrib chiqilib xulosa qilindi.

Tadbir davomida, davlat siyosatining dolzarb yoʻnalishlari uchun muhim boʻlgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy koʻrsatkichlarni aniqlashda intervyuerlar tomonidan erishilgan yutuqlar, aholi orasida jamoatchilik fikrini yanada chuqurroq anglash hamda yigʻilgan maʼlumotlarni xolisona tahlil qilishdagi kasbiy mahorati alohida taʼkidlandi. Markaz faoliyatiga munosib hissa qoʻshgan intervyuerlar chuqur minnatdorlik ramzi sifatida tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Yigʻilish yakunida tadbir ishtirokchilari jamoatchilik fikrini ilmiy asosda oʻrganish, innovatsion yondashuvlar bilan boyitib borish xamda asoslangan amaliy yechimlar ishlab chiqish jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ekanini taʼkidlashdi.