21

Hurmatli yurtdoshlar!

Aziz vatandoshlar sizlarni «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi jamoasi nomidan sizlarni Islom olamining eng ulugʻ va muqaddas ayyomlaridan biri — Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Bu muborak va ulugʻ bayram — faqat diniy ibodat emas, balki oliyjanob insonparvarlik, bagʻrikenglik va birdamlik gʻoyalarini hayotga tatbiq etuvchi ulugʻ qadriyatlar kunidir.

Qurbon hayiti – nafaqat qurbonlik qilish sunnati, balki iymon, sabr, shukronalik va oʻzga uchun fido boʻlish ruhini targʻib etadi. U inson qalbida yuksak maʼnaviyat, jamiyatda esa hamjihatlik va bagʻrikenglikni mustahkamlaydi.

Bu ayyom har birimizga oila bagʻrida mehr-muruvvat, mahalla-fuqaro munosabatlarida hamjihatlik, butun jamiyatda tinchlik va barqarorlik hissini yanada kuchaytirishga turtki beradi.

Bugungi global oʻzgarishlar davrida maʼnaviy yakdillik va ijtimoiy birdamlik har qachongidanda muhim. Qurbon hayiti ana shu birlikni, mehr-oqibatni, ezgulikni umumbashariy qadriyat sifatida yoritadi.

Shu fazilatli ayyomda yurtimiz tinch va obod, qalblarimiz nurli boʻlsin. Barcha oilalarda fayzu baraka, ezgu niyatlar roʻyobga chiqsin. Insonning insonga boʻlgan muhabbati, gʻamxoʻrligi va ixlosi tobora yuksalsin!

Qurbon hayiti barchangizga muborak boʻlsin!

Ehtirom bilan,
«Ijtimoiy fikr»
respublika

jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi