32

“Ijtimoiy fikr“ Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan “Fuqarolar Oʻzbekistondagi korrupsiya toʻgʻrisida“ mavzusida sotsiologik soʻrov oʻtkazishni boshladi.

Ushbu tadqiqotni oʻtkazishdan maqsad jamiyatimizda fuqarolarning korrupsiyaga boʻlgan munosabatini, uning tarqalish darajasini, turlari va sabablarini, shuningdek, unga qarshi kurashish samaradorligi borasidagi fikr-mulohazalarini oʻrganishdan iboratdir.

Soʻrovnoma Oʻzbekistonning barcha hududlaridagi turli ijtimoiy guruhlar va yosh toifalari oʻrtasida olib boriladi. Mazkur soʻrovnomada korrupsiya holati boʻyicha fuqarolarning shaxsiy tajribasi, davlat xizmatlarida shaffoflik, raqamlashtirish jarayonlari va aholining huquqiy xabardorlik darajasi kabi muhim masalalar qamrab olingan.