147

«Yuksalish» harakati O‘zbekistonda boshqaruvdagi rahbar ayollar TOP-40 reytingi ro‘yxatini yangiladi

«Yuksalish» umummilliy harakati mutaxassislari, Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda davlat boshqaruv tizimida va tashkilotlardagi rahbar ayollarning reytingini yangiladi.

Ro‘yxatga kiritilgan ayollar yurtimizda mehnat qilayotgan mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlarida faol ishtirok etayotgan 300 ga yaqin nomzodlardan saralanib olingan.

Ekspertlar ro‘yxatga faol, tashabbuskor, jamiyat bilan hamnafas harakat qilib yurtimiz ravnaqi yo‘lida, o‘z halol mehnatlari bilan jamiyatimiz hamda davlatimiz rivoji uchun fidokorona xizmat qilayotgan nodavlat tashkilotlar vakilalarini ham kiritishgan.   

Ta’kidlanishicha, siyosiy partiyalarda xotin-qizlar ulushi 47 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlik faoliyatida esa 37 foizga yetgan. Rahbar lavozimlarda ishlayotgan ayollar ulushi — 33 foiz. Bugungi kunda 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda.