04.09.2025
29
Yangi o‘quv yili arafasida “Ijtiimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan “Ota-onalarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi” mavzusida sotsiologik tadqiqot boshlandi.
Tadqiqot o‘tkazishdan maqsad — mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning jamiyat ongidagi ifodasini o‘rganish, aholining ta’lim jarayoniga munosabatini tahlil qilish hamda oilalarning real tajribalari va muammolarini aniqlashdan iborat.
Mazkur tadqiqot oilalarning farzandlarini maktabga tayyorlash jarayoni, ustuvor xarajat turlari, bolalarning yozgi ta’tilni qanday o‘tkazgani hamda ota-onalarning farzandi o‘qiyotgan maktabdan qoniqish darajasini o‘rganishga qaratilgan.
So‘rovnomada maktab formasi, o‘quv qurollari, elektron texnika, repetitorlik va tibbiy ko‘rik xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlar yig‘iladi. Shuningdek, sport, kitob mutolaasi, to‘garaklar yoki internetdan foydalanish kabi mashg‘ulotlar orqali bolalarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi tahlil qilinadi.
Tadqiqot natijalari davlat ta’lim siyosatini takomillashtirish, oila va maktab hamkorligini mustahkamlash hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarni baholash uchun ishonchli manba bo‘lib xizmat qiladi.