25.02.2025
50
MINSK SHAHRIDA “SOTSIOLOGIYA VA ZAMONAVIY JAMIYAT” MAVZUSIDA XALQARO DAVRA SUHBATI BOʻLIB OʻTDI
Joriy yilning 20-fevral kuni Minsk shahrida Belarus Milliy Fanlar Akademiyasi Sotsiologiya institutining 35 yillik yubileyiga bagʻishlangan “SOTSIOLOGIYA VA ZAMONAVIY JAMIYAT” mavzusida xalqaro davra suhbati oʻtkazildi. Ushbu tadbir milliy va xalqaro sotsiologiya hamjamiyati uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etdi, chunki unda ijtimoiy muammolarni hal etishda sotsiologik yondashuvlarning ahamiyati shuningdek mazkur fanning rivojlanish istiqbollari keng muhokama qilindi.
Belarus Milliy Fanlar Akademiyasi Sotsiologiya institutining ilmiy nashrlari koʻrgazmasi bilan boshlandi. Bu yerda institutning oʻtgan yillar davomida erishgan ilmiy yutuqlari, ularning xalqaro hamjamiyat uchun ahamiyati va kelgusidagi tadqiqot yoʻnalishlari namoyish etildi. Ushbu koʻrgazma tadbir ishtirokchilariga institutning turli mavzulardagi ilmiy ishlari va ularning natijalarini koʻrish imkoniyatini berdi.
Davra suhbatini Belarus Milliy Fanlar Akademiyasi Sosiologiya instituti direktori, sosiologiya fanlari nomzodi, dotsent, Mыslives Nikolay Leontyevich ochib berdi.
Davra suhbati ikki sessiyadan iborat boʻldi:
Birinchi sessiya: "Belarus Milliy Fanlar Akademiyasi Sotsiologiya instituti: tarixi, yutuqlari, rivojlanish istiqbollari" mavzusida oʻtkazildi. Unda institutning tashkil topish tarixi, ilk tadqiqotlari, asosiy yutuqlari va bugungi kundagi oʻrni haqida maʼruzalar tinglandi. Ishtirokchilar institutning oʻtgan yillar davomida sotsiologiya fanining turli sohalaridagi amaliy ishlanmalari, xususan jamoatchilik fikrini oʻrganish, ijtimoiy muammolarni hal etish va ijtimoiy siyosatni shakllantirishdagi hissasini alohida taʼkidladilar.
Mazkur sessiyada, Ijtimoiy fikr Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktorining birinchi oʻrinbosari Xadjimuxamedov Marat Karimovich «Oʻzbekistonda amaliy sosiologik tadqiqotlar» nomli maʼruzasi bilan qatnashib, jamoatchilik fikrini oʻrganishning yangi uslublari va ularning sotsiologik tadqiqotlardagi ahamiyati haqida soʻz yuritdi.
Shuningdek, Ijtimoiy fikr Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi hamda Belarus Milliy Fanlar Akademiyasi Sotsiologiya instituti bilan oʻzaro ilmiy hamkorlik haqida shartnoma imzolandi.
Davra suhbati oʻz mazmunli muhokamalari, ilmiy muloqotlar va kelajakka yoʻnaltirilgan istiqbolli takliflari bilan barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.