27.01.2024
165
25 yanvar kuni “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazida Taʼsischilarining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Taʼsischilar majlisini Markaz rahbari N.X.Rahimova ochib berdilar. Taʼsischilar majlisini Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining sotsiologiya kafedrasi mudiri E.X.Zaitov olib bordi.
Majlis kun tartibiga asosan unda Markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori N.X.Rahimovaning “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 22 fevraldagi Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan 2023 yilda amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida”gi hisoboti tinglandi va muhokama qilindi.
Majlis ishtirokchilari maʼruza yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, Markazning 2023 yildagi faoliyatiga baho berdilar. Xususan, Oʻzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy ish kafedrasi mudiri professor N.M.Latipova soʻz olib Markaz bilan hamkorlik natijalari yaʼni kafedra talabalarining amaliyotlari, “Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari” jurnalida kafedra professor-oʻqituvchilarining ilmiy maqolalari chop etilayotganligi va yutuqlari haqida oʻz fikr mulohazalarini bildirdi.
Shu bilan birga Oʻzbekiston Milliy universiteti Sotsiologiya kafedrasi professori A.Xolbekov soʻz olib Sotsiologiya kafedrasi va Markaz hamkorligida olib borayotgan faoliyatini yuqori baholab kelgusida hamkorlikka muvaffaqiyatlar bildirdi.
Majlisda, shuningdek, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi taftish komissiyasining 2023 yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti, Markaz nazorat-taftish komissiyasi aʼzosi A. Yusupovning hisoboti tinglandi va maʼlumot uchun qabul qilindi.
Taʼsischilar majlisida Markazning 2024 yil uchun ish rejasi loyihasi muhokama qilindi va bildirilgan fikr-mulohazalar asosida tasdiqlandi.