138

Joriy yilning 3 may kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 dekabrdagi № 719/29-son qarorining 28-maqsadi 23.5 bandi ijrosi bajarilishi yuzasidan, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarning bandligini taʼminlash maqsadida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari va “Karyera kuni” tadbirlarini oʻtkazish munosabati bilan mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda Respublikamizdagi katta va nufuzli ish beruvchi tashkilotlar oʻzlarida mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlarini bitiruvchi talabalarga taqdim etdilar.

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi ham ushbu tadbirda ishtirok etib, talabalarning oʻqish davomida egallagan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish, kasbiy, ilmiy faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari uchun oʻz boʻsh ish oʻrinlarini taqdim etdi hamda talabalarni  ish yuzasidan qiziqtirgan savollariga toʻliq javob berib ular bilan maʼlumot almashinildi.

Shuningdek, “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi va Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻrtasidagi amaliyotchi-talabalar bilan rejali-tashkiliy ishlar yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik oʻrnatilgan.

Bugungi kunda Markazda “Ijtimoiy fanlar” fakultetining “Sotsiologiya“ va “Ijtimoiy ish“ mutaxassisiligi talabalari ishlab chiqarish amaliyotini oʻtamoqdalar, ularning koʻpchiligi Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan  ilmiy-tadqiqot loyihalarida koʻngillilar sifatida ishtirok etmoqdalar ayrimlari intervyuer, tahlilchi, kichik ilmiy xodim, tadqiqotchi lavozimlarida oʻz mehnat faoliyatlarini yuritishmoqda.