138

“Fuqarolar Oʻzbekistondagi korrupsiya haqida” mavzusida tadqiqot oʻtkazilmoqda

Korrupsiya mamlakatning milliy xavfsizligiga tahdid soladigan xavfli ijtimoiy hodisalardan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashishni taʼminlash va korruptsiogen omillarning oldini olish va ularni bartaraf etish masalalariga birinchi darajali ahamiyat qaratiladi. Korrupsiyaning oldini olish tizimini joriy etish boʻyicha izchil chora-tadbirlar qabul qilinmoqda, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash orqali davlat boshqaruvida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor masalalaridan biri uning oʻlchovi bilan bogʻliq. Korrupsiya oʻlchovining ahamiyati shundan iboratki, u eng korruptsiyalashgan soha va institutlarni, korrupsiyani yuzaga keltirayotgan omillarni aniqlash; ushbu omillarni zararsizlantirish va korrupsiya koʻlamini minimallashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi. Korrupsiyani oʻlchashning oʻzi korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirishning kuchli vositasi hisoblanadi: tadqiqot natijalari jamoatchilik eʼtiborini korrupsiya xavfiga jalb qiladi va kuchaytiradi hamda uning davlat institutlariga bosim oʻtkazishiga yordam beradi. Korrupsiyani oʻlchash orqali monitoring qilish korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni yanada samaraliroq amalga oshirishga yordam beradi. “Ijtimoiy fikr” RJFOʻM korrupsiyaga qarshi kurashishda kelgusida eng maqbul va samarali boshqaruv qarorlari va vositalarini ishlab chiqish maqsadida jamiyatning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida korrupsiyaning tarqalish darajasini oʻlchash boʻyicha muntazam tizimli monitoringni amalga oshiradi. Korrupsiya masalalari boʻyicha jamoatchilik fikri soʻrovlari muntazam ravishda oʻtkazilmoqda va uning natijalaridan korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirish jarayonida foydalanilmoqda.

Ayni paytda “Ijtimoiy fikr” RJFOʻM tomonidan oʻzbekistonliklar oʻrtasida iqtisodiyotning ayrim tarmoqlaridagi korrupsiyaning koʻlami va uning koʻrinishlarini aniqlash, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va korrupsiyaning davlat va jamiyat hayotiga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha faoliyati samaradorligi toʻgʻrisida aholining fikri va tasavvurlarini toʻplash va tahlil qilishga qaratilgan soʻrov oʻtkazilmoqda.