18.11.2023
168
18- noyabr Oʼzbekiston Respublika sining Davlat bayrogʼi qabul qilingan kun!
1991 - yil 18 - noyabrda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII — sessiyasida “Oʼzbekiston Respublikasi davlat bayrogʼi” toʼgʼrisida qonun qabul qilingan. Oʼzbekiston Respublikasi “Davlat bayrogʼi toʼgʼrisida”gi qonunni qabul qilinganiga bu yil 32 yil boʼldi. Ushbu muhim sana – qutlugʼ kun bilan barcha hamyurtlarimizni tabriklaymiz!
Davlat ramzlari — mustaqillik asosidir. Davlatimiz bayrogʻidagi xar bir rang, har bir belgi chuqur maʼno-mazmunga ega. Bu ramzlar yurtimizning boy tarixi, ozod va erkin hayotimiz, oʻzbek xalqining asriy orzu-istaklari, milliy-madaniy anʼanalarimizni oʻzida mujassam etadi.
Bayroqdagi moviy rang – tiriklik va barqarorlikni, musaffo osmonimiz hamda obi hayot ramzidir.
Bayroqdagi oq rang – tinchlik va poklik, begʻuborlik timsolidir.
Qizil yoʻllar – bu tomirimizda oqayotgan ajdodlar qoni, unda joʻsh urib turgan hayotiy kuch-qudrat timsolidir.
Yashil rang esa ona tabiatimizning saxovatli va tabarruk tuprogʻi, yasharish va yangilanish ramzidir. Bu rang koʻp xalqlarda navqironlik, umid va shodmonlik timsoli boʻlib hisoblanadi.
Yarim oy – oʻzbek xalqining qadimiy anʼanalariga xos boʻlgan ramzidir.
12 ta yulduz tasviri – qadimdan mukammallik, barkamollik timsoli boʻlib hisoblangan. Yarim oy va yulduzlar musaffo osmon va tinchlik ifodasidir.