157

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Maecenata” jamg‘armasi raisi bilan uchrashuv

2023-yil 7-iyulda «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Maecenata” jamg‘armasi raisi, 2023-yilgi Prezident saylovini kuzatish bo‘yicha xalqaro missiya vakili janob R.Shtravits bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Markaz faoliyatiga oid masalalar – jamoatchilik fikrini o‘rganish texnologiyalari va usullari, tadqiqotlarning ishchi vositalari va tanlovlarni ishlab chiqish, o‘tkazilayotgan so‘rovlarning mavzulari muhokama qilindi.

Muhokama davomida o‘zbekistonliklar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish, o‘tkazilgan jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalariga ko‘ra, muhimligini anglash yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv amaliy muloqot  shaklida bo‘lib o‘tdi va janob R. Shtravitsda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, uchrashuvda gender tenglik, umuminsoniy qadriyatlar, oila va oilaviy munosabatlar, taʼlim, bag‘rikenglik, xayriya va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kabi dolzarb masalalar doirasidagi sotsiologik tadqiqotlarning ahamiyati taʼkidlandi.

Uchrashuv ishchanlik ruhida o‘tdi, unda tomonlarning vakillari bir-birlariga minnatdorchilik va kelgusidagi hamkorlik istiqbollariga ishonch bildirdilar.