102

BAYRAM TABRIGI

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi barcha aziz vatandoshlarimizni g‘urur va iftixori bo‘lmish, jonajon O‘zbekistonimizning mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli istiqlol yo‘lidagi eng yorqin va o‘chmas sahifasiga aylangan, Ona Vatanimiz hayotidagi unutilmas tarixiy voqea – O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishgan kunning 32 yilligi munosabati bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi!

Yangi O‘zbekistonimiz, jonajon Ona Vatanimiz, shiddat bilan o‘zgarayotgan va rivojlanayotgan davrda o‘zini turli sohalarda butun olamga namoyon etishida beminnat hissalarini qo‘shib kelayotgan O‘zbekiston xalqiga oilaviy tinchlik-hotirjamlik, fayzu baraka, mustahkam sihat-salomatlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, dasturxonlariga to‘kin-sochinlik tilaydi!

Asrlar, yillar, zamonlar o‘tib ketar, ammo, barchamizga qadr-qimmatimizni, sha’nimizni, o‘zligimizni anglash, o‘z yurtimizni samimiy sevishni, ardoqlashni, tilimiz, muqaddas dinimiz va tariximizni qaytarib bergan bu ulug‘ ayyom Vatanimiz tarixida oltin sahifa bo‘lib, abadiy qolajak.

Mustaqillik bayramingiz  muborak bo‘lsin, aziz vatandoshlar!

“Ijtimoiy fikr”

 respublika jamoatchilik

 fikrini o‘rganish Markazi