20.09.2023
287
STADA Health Report sog‘liqni saqlash sohasidagi yetakchi Evropa tadqiqotlari
2023-yil 20-sentabrda Toshkentda STADA Health report-2023 keng ko‘lamli tadqiqot natijalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 2023-yilda STADA sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha xalqaro jamoatchilik fikri so‘rovini o‘tkazdi. STADA – bu 125 yildan ortiq vaqt davomida odamlar sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilish, sheriklar va iste’molchilar bilan ishonchli munosabatlarni o‘rnatish missiyasini bajarib kelayotgan farmatsevtika kompaniyasi hisoblanadi.
«Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tadqiqotda kompaniyaning hamkori bo‘ldi, u O‘zbekiston Respublikasining 18 yosh va undan katta yoshdagi 2000 nafar respondentlari o‘rtasida telefon so‘rovi o‘tkazdi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Evropaning 14 ta mamlakati va Qozog‘iston bilan bir qatorda STADA Health report-2023 yillik hisobotida taqdim etilgan bunday global tadqiqotda birinchi marta ishtirok etdi.
Tadbir davomida sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislariga odamlarning xulq-atvorini, farmatsevtika va tibbiy savodxonlik darajasini, sog‘lig‘iga bo‘lgan ehtiyoj va tashvishlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradigan ba’zi tadqiqot natijalari taqdim etildi, bu umuman sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilashga imkon beradi.