180

FUQAROLAR O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SH.M. MIRZIYOEVNING NYU-YORKDA BMT BOSH ASSAMBLEYASINING 78-SESSIYASIDA SO'ZLAGAN NUTQI TO'G'RISIDA

"Ijtimoiy fikr" respublika jamoatchilik fikrini o'rganish markazi tomonidan 2023 yil 21 sentabrdan boshlab “Fuqarolar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so'zlagan nutqi to'g'risida" mavzusida telefon so'rovi o'tkaziladi. Fuqarolarning mamlakat Prezidenti ma'ruzasining asosiy qoidalari haqidagi fikrini o'rganish, davlat Rahbari tomonidan Bosh Assambleyada belgilab berilgan maqsad va vazifalarning davlatimiz, jamiyatimiz, har bir fuqaroning hayoti uchun dolzarbligi va ahamiyati haqida o'zbekistonliklarning fikrini, Sh.M.Mirziyoevning ana shunday yuksak xalqaro minbardan yangragan nutqiga fuqarolarning munosabatini aniqlash tadqiqotning maqsadi bo'ldi.

Telefon so'rovida mamlakatimiz mintaqalari aholisi, erkaklar va ayollar, yoshlar, katta va o'rta yosh vakillari, turli millat vakillari, turli sohalarda band bo'lgan ijtimoiy qatlamlar ishtirok etadi.

So'rovda mamlakatdagi barcha shahar va mobil telefon abonentlaridan tanlangan respondentlarning tasodifiy stratifikasiyalangan tanlovi qo'llaniladi. Axborot to'plash Markaz mutaxassislari tomonidan tayyorlangan yagona standartlashtirilgan savolnoma bo'yicha intervyular o'tkazish orqali amalga oshiriladi.