29.09.2023
182
BAYRAM TABRIGI
Hurmatli ustoz va murabbiylar, taʼlim sohasi xodimlari va pedagogik mehnat faxriylari! “Ijtimoiy fikr” RJFO‘M jamoasi Siz, azizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan muborakbod etadi!
Bu bayram hayotimizdagi alohida nurli va yorqin bayram hisoblanadi, chunki u har birimizning qalbimizda birinchi o‘qituvchi va maktabdagi ilk kunlarimiz haqidagi eng yoqimli xotiralarni uyg‘otadi, bizga bebaho bilim olami eshiklarini ochgan, eng yaxshi insoniy fazilatlarni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratgan, bilimga va o‘z-o‘zini rivojlantirishga intilish uyg‘otgan o‘qituvchi-pedagoglarga chuqur minnatdorchilik tuyg‘usi bilan barcha o‘zbekistonliklarni birlashtiradi.
Markazimizning mehnat jamoasida bepoyon va go‘zal Vatanimizning Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Andijon, Samarqand va boshqa ko‘plab shaharlari hamda qishloqlaridagi umumtaʼlim maktablari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari mehnat qilishadi. Xodimlarimizning ishga masʼuliyatli munosabati, fidoyiligi va doimo yangi kashfiyotlarga tashnalik bilan ajralib turishi, albatta, Siz, ustozlarning mehnatingiz samarasidir. Hayotda o‘z taqdirini o‘zi belgilash chog‘ida yosh avlodga dono maslahatlari bilan yordamga shay ustoz-murabbiylarimiz bor ekan, nafaqat Markazimiz, balki butun mamlakatimiz kelajagi haqida tashvishlanishga hojat yo‘q.
Hurmatli ustoz va murabbiylar! Masʼuliyatli va sharafli mehnatingiz, mehribon va ziyrakligingiz, donishmand va bilimdonligingiz, kasbiy mahoratingiz va fidoyiligingiz uchun barchangizdan samimiy minnatdormiz. Sizlarga chin qalbdan mustahkam sihat-salomatlik, hayotiy farovonlik, baxtu saodat, yosh avlodga bilim berish va tarbiyalashdek ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz! Kasbingizga bo‘lgan chuqur ishtiyoq, bolalarga nisbatan cheksiz mehr-muhabbat, o‘qitish va o‘rganish, yaratishga intilish hamda professional mahoratning yangi yuksak cho‘qqilarni zabt etish istagi Sizni hech qachon tark etmasin!
“Ijtimoiy fikr”
respublika jamoatchilik fikrini
o‘rganish Markazi