225

«Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi «FUQAROLARNING TASAVVURLARIDA MAJBURIY MEHNAT: XABARDORLIK, TUSHUNISH, MUNOSABAT» mavzusidagi sotsiologik so‘rovni o‘tkazishni boshladi. Tadqiqotning maqsadi fuqarolarning majburiy mehnat to‘g‘risidagi, ko‘pincha qandaydir jazo yoki ishdan bo‘shatish tahdidi ostida ishlarni bajarishga qaysi aholi toifalari jalb etilishlari haqidagi tasavvurlarini o‘rganish, shuningdek, respondentlarning fikriga ko‘ra, xodimlarni bevosita kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish xavfi eng katta bo‘lgan sohalarni aniqlash hisoblanadi. So‘rov davomida o‘zlarining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday turdagi ishlarni bajarishga majbur qilish bilan bog‘liq shaxsiy salbiy tajribaga ega bo‘lgan fuqarolarning ulushini aniqlash rejalashtirilgan.

Telefon so‘rovida mamlakat mintaqalarining shahar va qishloqlari aholisi, erkaklar va ayollar, yoshlar va o‘rta yoshdagilar, turli kasblar va ijtimoiy tabaqalarga mansub kishilar, turli sohalarda ishlovchilar ishtirok etadi.

So‘rovda mamlakatdagi barcha shahar va mobil telefon abonentlari orasidan tasodifiy ravishda tanlab olingan respondentlarning stratifikatsiyalangan tanlovidan foydalaniladi.

Axborot to‘plash Markaz mutaxassislari tomonidan tayyorlangan yagona standartlashtirilgan so‘rovnoma bo‘yicha intervyu o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.