268

Hozirgi kunda mamlakatimizda shaharlar muhitini shakllantirish va atrof-makonni obodonlashtirishda fuqarolarning ishtiroki masalalariga ustuvor eʼtibor qaratilmoqda.

Mamlakat Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2023-yil 11-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida umummilliy loyihasi tashkil etilgan vaqtdan buyon o‘tgan 2 yil davomida ushbu harakat doirasida 1,2 ming gektardan ortiq yashil bog‘ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi”, deya taʼkidladi.

Mamlakatimizda joriy yilning 25 oktabridan 1 dekabrigacha kuzgi daraxt ekish mavsumi eʼlon qilindi. Mavsumda 85 million tup ko‘chat ekilishi mo‘ljallangan.

Hokimiyatning barcha darajalarida aholining obodonlashtirish bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar vakillari bilan o‘zaro munosabatlari, shaharlar makonidan foydalanuvchilar hamda inson atrof-muhitida qulaylik va farovonlik yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish vazifalari yuklatilgan shaxslar bilan muloqot o‘rnatish masalalari keng muhokama qilinmoqda. Shahar munosabatlarining barcha ishtirokchilari o‘zaro hamkorligining samarali shaklini izlash muhim masala hisoblanadi. Bunday shakllardan biri – bu fuqarolarning jamoatchilik fikri so‘rovi bo‘lishi mumkin, unda fuqarolarning o‘z yashash muhitining holatini yaxshilash va atrof-makonni tashkil etish borasidagi fikri va takliflari aniqlanadi, aholining xususiy sektor va ko‘p kvartirali uylar oldidagi hududlar, mavzelar, shahar va qishloqlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga bo‘lgan munosabati o‘rganiladi.

Aholining shahar va qishloqlar, mavzelar, hovlilar va boshqa jamoat joylari hayotidagi ishtiroki bugungi kunda muhim va zarur jarayon bo‘lib, kelajakda nafaqat shahar va qishloqlarimizning tashqi qiyofasi, balki aholining bajarilgan ishlardan qanchalik mamnun bo‘lishi, yashash uchun hammamizga qanchalik qulay bo‘lishi shunga bog‘liq.

Jamoatchilik fikri so‘rovi fuqarolarga hokimiyat va boshqaruv organlarining eʼtiborini mavjud muammolarga qaratish, o‘zi yashaydigan muhitni yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish, o‘z shahar va qishloqlarida qaysi daraxt va buta turlarini ko‘rishni xohlashlarini bildirish va shu tariqa yashash makonini yaxshilashning faol ishtirokchilariga aylanish imkonini beradi.