07.11.2023
155
“Nodavlat notijorat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazorati shakllari” mavzusidagi interaktiv sessiya
Joriy yilning 3-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2023-yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish-rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi “Hilton” mehmonxonasida “III Toshkent Aksilkorrupsiya Forumi” doirasida “Nodavlat notijorat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazorati shakllari” mavzusidagi interaktiv sessiya bo‘lib o‘tdi.
Ushbu forumda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul davlat idoralari rahbar va xodimlari, xalqaro va mahalliy nodavlat tashkilotlarining yetakchi ekspertlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad, korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanganligi, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishga alohida e’tibor qaratilayotganligi, korrupsiya ko‘rinishlarining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish, fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni shakllantirish hamda to‘siqsiz muhitni barpo etishga oid tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.
Interaktiv sessiyada Moderator tomonidan keys tayyorlandi, unga ko‘ra ma’ruzachilar amaliyoti doirasida qo‘llaniladigan jamoatchilik nazorati usullari haqida keng muhokama olib borildi.
Shuningdek, jurnalistik surishturuvlarni o‘tkazishda axloq va suiiste’mollik masalalarini hal qilish bo‘yicha takliflar va bu mavzu yuzasidan tajribalar bilan bo‘lishildi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan yaqindan hamkorlik qilayotgan “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi direktorining birinchi o‘rinbosari M.K.Xadjimuxamedov va tezkor tadqiqotlar bo‘limi mutaxassisi A.B.Tadjibaev ishtirok etdilar va o‘z fikr- mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Interaktiv sessiyada “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha laboratoriya” loyihasi menejeri Lyudmila Stayshyunayte “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat va nodavlat sektor o‘rtasidagi hamkorlik” mavzusida davra suhbati olib bordi. Shuningdek, ushbu sessiyada Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, GIZ mutaxassisi hamda Riga Oliy huquq maktabining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha katta mutaxassisi Inese Voyka ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Sessiyada “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkilotining huquq bo‘yicha mutaxassisi Goran Klemenchich va anjuman qatnashchilari kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida fikr almashishdi va o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish haqida kelishib olindi.