16

Aziz ustoz va murabbiylar!

O‘qituvchi va murabbiylar kuni – 1-oktabr – har bir inson qalbiga chuqur muhrlangan sana hisoblanadi. “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi ushbu qutlug‘ ayyom bilan siz — aziz ustoz va murabbiylarni samimiy muborakbod etadi!

Har bir inson hayotida shunday ustozlar borki, ularning so‘zlari, saboqlari va o‘gitlari uzoq yillar davomida shogirdlar qalbida mudom birga yuradi. Ustoz mehnatining natijasi har doim ham darhol ko‘zga tashlanavermaydi. Bu mashaqqatli va sharafli mehnat deyarli har kuni takrorlanadigan ko‘plab sezilmas yechimlardan tashkil topadi. Ana shunday mehnatning samarasi o‘laroq kichik qadamlardan nafaqat alohida bir o‘quvchining muvaffaqiyati, balki butun bir avlodning istiqboli ham shakllanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, ta’limni rivojlantirish Yangi O‘zbekistonni barpo etishning strategik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Zero, davlatimiz rahbari 28-avgust kuni mamlakat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda e’lon qilgan O‘zbekiston milliy dasturlarining birinchisida ta’lim va kelajak kasblari aks ettirilgani ham bejiz emas.

Shuningdek, Markazning sotsiologik tadqiqotlari natijalari ham o‘qituvchilik kasbi jamiyatda eng muhim kasblardan biri hisoblanishini ko‘rsatmoqda. O‘qituvchi nafaqat ta’lim beradi, balki kelajak avlodning xarakteri, qadriyatlari va dunyoqarashini shakllantirishga beqiyos tarzda ko‘maklashadi.

Aziz ustozlar, sizning mehnatingiz sabr-toqat, fidoyilik va o‘z ishiga nisbatan samimiy muhabbatni talab qiladi. Aynan sizning sharofatingiz bilan bugun dadil va ochiq fikrlashga, mamlakat kelajagi uchun mas’uliyat bilan harakat qilishga qodir yangi avlod voyaga yetmoqda. Siz ona-Vatanga sadoqatli, ma’naviy jihatdan boy va zamonaviy fikrlaydigan shaxslarni tarbiyalab, har bir bola qalbida bilim chirog‘ini yoqmoqdasiz.

Bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, mehr-muhabbat va kasbiy muvaffaqiyatlar tilaymiz. Shogirdlarning har bir yutug‘i siz uchun faxr-iftixor manbaiga aylansin, sharafli mehnatingiz esa sizga hamisha quvonch va mamnuniyat hissini bag‘ishlasin!

Bayramingiz muborak, aziz ustoz va murabbiylar!