9

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi davlat granti tanlovini e’lon qildi. Tanlovning ustuvor yo‘nalishlari xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, aholining kiberxavfsizlik madaniyati va konstitutsiyaviy savodxonligini oshirish, internet firibgarligi, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, gender stereotiplari va jins bo‘yicha kamsitishga qarshi kurashish, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shuningdek, hududlardagi ekologik muammolarni hal etish va “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini ommalashtirishni qamrab oladi.

Mazkur masalalar bugungi kunda O‘zbekiston uchun ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yaqinda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikka o‘zgartishlar qabul qilindi. Shuningdek, Prezident suv, tabiat va yashil hududlarni asrashni milliy ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgiladi. Ushbu yo‘nalish 2026-yil 28-avgustda e’lon qilingan to‘rtinchi milliy dasturdan ham o‘rin oldi.

Tanlov shartlari haqida batafsil:

Rasmiy saytga havola: Davlat grantlari tanlovi

Telegram kanaliga havola: https://t.me/Parlament_jamoat_fondi