18.11.2026
29
SUNʼIY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI: FUQAROLARNING XABARDORLIGI VA KUTILMALARI
2026-yil 15–18-sentabr kunlari «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan fuqarolarning sunʼiy intellekt haqidagi xabardorlik darajasi, undan foydalaniş tajribasi, şuningdek, uşbu texnologiyaning rivojlanişi bilan boğliq kutilmalari, imkoniyatlar va xavf-xatarlarni örganişga bağişlangan jamoatçilik fikri sörovi ötkazildi.
Tadqiqot doirasida fuqarolarning sunʼiy intellekt texnologiyalari haqidagi xabardorlik darajasi, sunʼiy intellekt (SI) xizmatlaridan foydalaniş tajribasi, ulardan qançalik tez-tez va qaysi sohalarda foydalanişi, sunʼiy intellektdan foydalanişi yoki foydalanmasligi sabablari, şuningdek, uşbu texnologiyaning kelgusidagi rivojlanişiga munosabati örganildi. Fuqarolarning raqamli könikmalarini oşirişga yordam beradigan çora-tadbirlar haqidagi fikrlari hamda sunʼiy intellektdan samarali va xavfsiz foydalaniş böyiça taʼlim olişga tayyorligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Sörovda Özbekistonning barça viloyatlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Toşkent şahrida yaşovçi fuqarolar iştirok etdi. Sörov telefon orqali intervyu usulida ötkazildi.
Tadqiqotning asosiy natijalari quyidagi infografikalarda taqdim etilgan.




