05.11.2026
23
TARIXIY MARRA — YUKSAK MEHNAT MADANIYATI VA TARAQQIYOT IFODASI
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi jamoasi mamlakatimiz paxtaçiligida erişilgan tarixiy natija — 5 million tonnadan ziyod paxta hosili yetiştirilgani munosabati bilan barça dehqon va fermerlar, qişloq xöjaligi xodimlari hamda soha fidoyilarini samimiy muborakbod etadi!
Mazkur yuksak natija zamirida yillar davomida amalga oşirilgan tizimli islohotlar, ilğor agrotexnologiyalarning joriy etilişi, ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasi, eng muhimi, yer bilan tillaşib, uning har bir qarişidan unumli foydalanayotgan mirişkor insonlarning maşaqqatli mehnati mujassam.
Paxta maydonlari sezilarli darajada qisqargan bir şaroitda hosildorlikning 2,7 barobar oşgani agrar sohada miqdoriy ösişdan sifat va samaradorlikka asoslangan rivojlaniş bosqiçiga ötilayotganining yorqin ifodasidir.
Bu muvaffaqiyatning ijtimoiy ahamiyati ham beqiyos. Zero, qişloq xöjaligidagi har bir yutuq ortida minglab oilalar farovonligi, mehnat qadrining yuksalişi, qişloq hududlarining iqtisodiy salohiyati va jamiyatning ertangi kunga işonçi mujassam.
Ayniqsa, dehqon va fermerlarning taşabbuskorligi, agronom va olimlarning ilmiy izlanişlari, mexanizator va suvçilarning mas’uliyatli mehnati umumiy maqsad yölidagi hamjihatlik qanday ulkan natijalarga olib kelişini amalda namoyon etdi.
“Ijtimoiy fikr” markazi jamoasi uşbu tarixiy marraga erişişga munosib hissa qöşgan barça yurtdoşlarimizga samimiy ehtirom va minnatdorlik izhor etadi.
Barça qişloq xöjaligi mehnatkaşlariga mustahkam soğliq, oilaviy xotirjamlik, kasbiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, el-yurt farovonligi yölidagi ezgu işlariga ulkan zafarlar tilaymiz.
Mehnatingiz qadrli, hosilingiz barakali, yutuqlaringiz bardavom bölsin!
Hurmat bilan,
“Ijtimoiy fikr” respublika
jamoatçilik fikrini örganiş markazi jamoasi!


