20

MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAĞRIKENGLIK HAQIDA JAMOATÇILIK FIKRI ÖRGANILMOQDA

«Ijtimoiy fikr» respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan «Fuqarolar millatlararo va konfessiyalararo munosabatlar töğrisida» mavzusida respublika aholisi örtasida sotsiologik sörov ötkazilmoqda.

Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi mamlakatda millatlararo totuvlik va konfessiyalararo hamjihatlikning bugungi holatini jamoatçilik fikri asosida baholaş, fuqarolarning milliy va diniy xilma-xillikka munosabatini örganiş, şuningdek, jamiyatda özaro hurmat, işonç va bağrikenglikni mustahkamlaşga ta’sir etuvçi omillarni aniqlaşdan iborat.

Tadqiqot doirasida fuqarolarning millatlararo va dinlararo munosabatlar holatiga bergan baholari, sönggi yillarda uşbu sohada kuzatilgan özgarişlar, turli millat va diniy e’tiqod vakillari örtasidagi ijtimoiy munosabatlar, özaro muloqot va hamjihatlik darajasi örganiladi.

Şuningdek, sörovda milliy va diniy mansublik asosida kamsitiş holatlariga munosabat, jamoat joylarida turli tillardan foydalanişga nisbatan qaraşlar, internet va ijtimoiy tarmoqlarda millatlararo adovatni keltirib çiqariş mumkin bölgan axborotlarning tarqalişi hamda ularning jamoatçilik tomonidan qabul qilinişiga alohida e’tibor qaratiladi.

Tadqiqot davomida millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni ta’minlaşga qaratilgan davlat siyosati samaradorligiga fuqarolarning munosabati, jamiyatda tinçlik va barqarorlikni saqlaşga xizmat qilayotgan ijtimoiy-madaniy omillar ham tahlil qilinadi.

Sotsiologik sörov natijalari millatlararo va konfessiyalararo munosabatlarning jamoatçilik ongidagi aksini baholaş, mavjud tendensiyalarni aniql aş hamda ijtimoiy hamjihatlik va bağrikenglik muhitini yanada mustahkamlaşga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni işlab çiqiş uçun axborot-tahliliy asos bölib xizmat qiladi.

«Ijtimoiy fikr» respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi fuqarolarni sotsiologik sörovda faol iştirok etişga va öz fikr-mulohazalarini bildirişga çorlaydi.