12.11.2026
53
PRESS-RELIZ
OAV vakillari uçun taklifnoma
16.11.2026-y. | Toşkent şahri
« SOTSIOLOGIYA AMALDA»: 16-NOYABR KUNI TOŞKENTDA MARKAZNING YOŞ XODIMLARI AKADEMIK RA’NO UBAYDULLAYEVA XOTIRASIGA BAĞIŞLANGAN INTELLEKTUAL TURNIRDA İŞTIROK ETADILAR
Atoqli olim tavalludining 90 yilligiga bağişlangan sotsiologik festival jamoaviy kasbiy bellaşuv hamda Ubaydullayeva Ra’no Axatovna nomidagi sotsiologlar Maktabi faoliyatining boşlanişiga rasman start berilişini birlaştiradi.
16-noyabr kuni Toşkent şahrida «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazining yoş xodimlari “Sotsiologiya amalda” intellektual turnirida bellaşadilar. Akademik Ubaydullayeva Ra’no Axatovna xotirasiga “Zakovat” formatidagi jamoaviy öyin va Kahoot platformasidagi individual final bölib ötadi. Şu kuni olim nomi bilan ataluvçi sotsiologlar Maktabi faoliyatining boşlanişi ham rasman e’lon qilinadi.
Turnir akademik Ubaydullayeva Ra’no Axatovna tavalludining 90 yilligiga bağişlangan “Akademik Ra’no Axatovna Ubaydullayevaning ilmiy merosi: fan, jamiyat, avlodlar” sotsiologik festivali doirasida ötkaziladi. Festival 4-noyabr kuni doimiy faoliyat yurituvçi “Özbekistonda jamoatçilik fikrini örganiş va şakllantirişning dolzarb muammolari: usullar, nazariya va amaliyot” ilmiy-amaliy seminari doirasida taşkil etilgan “Ilmiy meros va zamonaviylik” mavzusidagi davra suhbati şаklida boşlangan edi.
Festivalning ikkinçi tadbiri markazning yoş xodimlari uçun intellektual turnir böladi. 35 yoşgaça bölgan iştirokçilarni öz içiga olgan töqqizta jamoa ğalaba uçun kuraşadi. Yoş mutaxassislar sotsiologiya sohasidagi bilimlarini, jamoatçilik fikrini örganiş metodologiyasini, sotsiologik ma’lumotlarni tahlil etiş va talqin qilişni, şuningdek, tadqiqot qarorlarini zudlik bilan qabul qiliş qobiliyatini namoyiş etadilar.
Turnir yoş mutaxassislarning kasbiy mahoratini oşiriş, tahliliy fikrlaş qobiliyatini va jamoada özaro hamkorlik qiliş könikmalarini rivojlantirişga yönaltirilgan. U festivalning umumiy maqsadlariga — akademikning ilmiy merosini asrab-avaylaş, Özbekistonda sotsiologiya fanini rivojlantiriş hamda tadqiqotçilar avlodlari örtasidagi vorisiylikni mustahkamlaşga xizmat qilişda davom etadi.
Tadbirni Markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori Nigina Rahimova kiriş sözi bilan oçib beradi. Markaz direktorining amaliy tadqiqotlar böyiça örinbosari, sotsiologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Mansur Seitov turnirning maqsadlari hamda yoş mutaxassislarning ilmiy salohiyatini rivojlantiriş masalalari haqida söz yuritadi.
Sotsiologlar Maktabi faoliyatining boşlanişi. Tadbir davomida akademik Ra’no Axatovna Ubaydullayeva nomidagi sotsiologlar Maktabi öz faoliyatini boşlagani rasman e’lon qilinadi. Bu festivalning muhim voqealaridan biri böladi.
Markaz direktorining birinçi örinbosari, sotsiologiya fanlari doktori (DSc) Alekseyeva Viktoriya Sergeyevna mazkur Maktabning maqsad va vazifalari, ta’lim yönalişlari, öquv modullari hamda yoş mutaxassislarning kasbiy rivojlanişi uçun yaratiladigan imkoniyatlar haqida ma’lumot beradi.
Şundan söng iştirokçilarga “Ra’no Axatovna Ubaydullayeva: hayoti, ilmiy faoliyati va merosi” mavzusidagi videofilm namoyiş etiladi.
Turnir ikki bosqiçda ötkaziladi.Birinçi bosqiç — “Zakovat” uslubidagi jamoaviy bellaşuv.
“Zakovat” Özbekiston intellektual hayotining muhim qismiga aylangan. 2022-yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev uşbu intellektual öyinni aholi örtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirişga qaratilgan dasturni tasdiqlagan.
Turnirda Markaz xodimlari ham “Zakovat” öyini qoidalari asosida öz bilim va zukkoliklarini sinovdan ötkazadilar. Jamoaviy bellaşuv har biri oltitadan savolni öz içiga olgan üç raunddan iborat böladi.
Birinçi raund — “Sotsiologiya tarixi va ilmiy meros”. Uşbu raundda iştirokçilarning sotsiologiya fani tarixi hamda akademik Ra’no Ubaydullayevaning ilmiy merosi böyiça bilimlari sinovdan ötkaziladi.
Ikkinçi raund — “Sotsiologiya — raqamlar va faktlarda”. Unda iştirokçilarga sotsiologik ma’lumotlar, raqamlar va faktlarga asoslangan savollar taqdim etiladi.
Uçinçi raund — “Zakovat: mantiq va zukkolik”. Mazkur raund iştirokçilarning mantiqiy fikrlaş qobiliyati va zukkoligini sinovdan ötkazuvçi topşiriqlar hamda nostandart savollardan iborat böladi. Jamoaviy bosqiç yakunida eng yuqori ball töplagan üçta jamoa aniqlanadi.
Individual final.Turnirning ikkinçi bosqiçi Kahoot platformasida taşkil etiladi. Unda 15 nafar finalçi QR-kod orqali öyinga qöşilib, “Eng hozirjavob yoş sotsiolog” unvoni uçun özaro bellaşadi.
İştirokçilar Yangi Özbekiston taraqqiyoti, akademik Ra’no Ubaydullayevaning ilmiy merosi, sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi hamda mantiqiy fikrlaşga oid 20 ta savolga javob beradilar.
Ğoliblar 1-, 2- va 3-örinlar uçun sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.
16-noyabr tadbir dasturi
|
10:45 |
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi direktorining kiriş sözi. |
|
11:00 |
Turnirning maqsadlari
|
|
11:15 |
Ra’no Axatovna Ubaydullayeva nomidagi sotsiologlar Maktabi faoliyati boşlanganini rasman e’lon qiliş va Maktab taqdimoti |
|
11:30 |
“ Ra’no Axatovna Ubaydullayeva: hayoti, ilmiy faoliyati va merosi” videofilmini namoyiş etiş
|
|
12:00–13:00 |
Jamoaviy bosqiç: “Zakovat” uslubidagi üç raund |
|
13:00 |
Jamoaviy bosqiç yakunlari va taqdirlaş marosimi |
|
14:30–15:00 |
Kahoot platformasida individual final |
|
15:00 |
Turnir yakunlari va ğoliblarni taqdirlaş marosimi |
Sana va vaqt: 2026 yil 16 noyabr, soat 10:00
Ötkaziliş joyi: Mir Luxe Plaza mehmonxonasi
Televideniye, bosma va internet naşrlari vakillarini tadbirni yoritiş uçun taklif etamiz.


