52

"SOTSIOLOGIYA AMALDA": TOŞKENTDA AKADEMIK RA’NO UBAYDULLAYEVANING 90 YILLIGIGA BAĞIŞLANGAN INTELLEKTUAL TURNIR BÖLIB ÖTDI

16-noyabr kuni Toşkent şahrida "Ijtimoiy fikr" respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi yoş xodimlari iştirokida "Sotsiologiya amalda" intellektual turniri bölib ötdi. Uşbu tadbir atoqli olim, akademik Ra’no Axatovna Ubaydullayeva tavalludining 90 yilligini nişonlaş doirasida taşkil etilib, uning ilmiy merosiga bağişlandi.

Turnir 4-noyabr kuni "Ilmiy meros va zamonaviylik" davra suhbati bilan oçilgan "Akademik Ra’no Axatovna Ubaydullayeva merosi: fan, jamiyat, avlodlar" sotsiologik festivali doirasidagi ikkinçi tadbir böldi.

Sotsiologik festival akademikning ilmiy merosini asrab-avaylaş va ommalaştiriş, yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş, avlodlar örtasidagi vorisiylikni mustahkamlaş hamda Özbekistonda sotsiologiya fanini yanada rivojlantirişga qaratilgan.

"Ijtimoiy fikr" markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori Nigina Xayrullayevna Raximova iştirokçilarni qutlar ekan, yoş mutaxassislarga bölajak musobaqada muvaffaqiyatlar, öz kuçlariga işonç va jamoaviy hamjihatlik tiladi.

Tadbir doirasida iştirokçilarga akademikning hayot yöli, ilmiy yutuqlari va Özbekistonda sotsiologiya fani rivojiga qöşgan hissasiga bağişlangan "Ra’no Axatovna Ubaydullayeva: hayoti, ilmiy faoliyati va merosi" hujjatli filmi namoyiş etildi. Film namoyişi yoş tadqiqotçilarga Ra’no Axatovna şaxsi va uning ilmiy merosi bilan yaqindan tanişiş imkonini berdi.

Tadbirda akademik Ra’no Axatovna Ubaydullayevaning nabirasi — Zigmund Freyd universitetining (Avstriya, Vena) "Psixoterapiya" yönalişi doktoranti Hilola Abdullayevaning iştirok etişi uçraşuvga alohida ahamiyat bağişladi. U iştirokçilarga murojaat qilar ekan, markaz jamoasi va yoş tadqiqotçilarga Ra’no Axatovna xotirasini e’zozlaganlari va uning ilmiy merosiga körsatgan yuksak e’tiborlari uçun samimiy minnatdorçilik bildirdi.

Uning iştiroki uçraşuvga özgaça iliqlik bağişlab, atoqli olimning merosi nafaqat ilmiy asarlarda, balki yaqinlari, hamkasblari va kelgusi avlod tadqiqotçilari xotirasida ham yaşayotganini yana bir bor yodga soldi.

Kunning asosiy voqeasi "Sotsiologiya amalda" intellektual turniri böldi. Musobaqada markazning 35 yoşgaça bölgan yoş xodimlaridan iborat 9 ta jamoa özaro kuç sinaşdi.

Jamoaviy bosqiç maşhur "Zakovat" intellektual öyini formatida bölib ötdi va uçta mavzuli raundni öz içiga oldi: "Sotsiologiya tarixi va ilmiy meros", "Sotsiologiya raqamlar va faktlarda" hamda "Zakovat: mantiq va zukkolik".

Iştirokçilar nafaqat sotsiologiya va fan tarixi sohasidagi bilimlarini, balki tahliliy fikrlaş, ma’lumotlar bilan işlaş, nostandart yeçimlar topiş va hamjihatlikda harakat qiliş qobiliyatlarini ham namoyiş etdilar. Har bir raund diqqat-e’tibor, mantiq va jamoaviy jipslikni talab qiladigan önta savoldan iborat böldi.

Jamoaviy bosqiç natijalariga köra, eng köp ball töplagan uçta jamoa “Jamiyat ovozi”, “Ra’no Axatovna izdoşlari” va “Sotsioliderdar” finalga yöl oldi.

Turnirning ikkinçi bosqiçi Kahoot interaktiv platformasida individual formatda bölib ötdi. Finalçilar Yangi Özbekiston taraqqiyoti, Ra’no Axatovna Ubaydullayevaning ilmiy merosi, sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi va mantiqiy fikrlaşga oid 50 ta savolga javob berişdi.

Yakka tartibdagi bellaşuvlar yakuniga köra, birinçi, ikkinçi va uçinçi örinlarga sazovor bölgan ğoliblar aniqlandi. "Eng topqir yoş sotsiolog" unvoniga Ravşan Islamboyev sazovor böldi. Ikkinçi va uçinçi örinlarni esa Parvina Sayidjonova hamda Maqsuda Baxtiyorova band etdi. Ğoliblar sertifikat va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.

Markaz yoş xodimlarining turnir uçun maxsus tayyorlagan ijodiy işlari tadbirning öziga xos qismiga aylandi. Iştirokçilar şe’rlar, videoroliklar, rasmlar va taqdimotlar namoyiş etib, akademikning ilmiy merosi va öz kasbini anglaşda ijodiy yondaşuvlarini namoyiş etdilar.

Bu işlar sotsiologiyaga bölgan qiziqiş nafaqat tadqiqotçilik faoliyati bilan çeklanişini körsatdi. Yoş mutaxassislar uçun uşbu soha jamiyatga yangiça qaraş, öz ğoyalarini ifodalaş va ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş imkonini ham beradi.

Öziga xoslik va ijodiy yondaşuv uçun alohida nominatsiya ta’sis etildi va uning ğolibi maxsus mukofot bilan taqdirlandi. Mazkur mukofotga Muxlisa Yöldoşeva loyiq körildi.

Ötkazilgan turnir nafaqat kasbiy bilimlarni sinovdan ötkaziş, balki tajriba almaşiş, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlaş va yoş tadqiqotçilarning salohiyatini röyobga çiqariş maydonçasi bölib xizmat qildi.

Bunday tadbirlarning asosiy qimmati şundaki, ilmiy meros yangi avlod faoliyatida yaşaşda davom etadi. Ra’no Axatovna Ubaydullayevaning asarlari va ğoyalarini örganiş orqali yoş sotsiologlar nafaqat mamlakatimiz fani tarixi bilan tanişadilar, balki zamonaviy tadqiqot vazifalarini hal qiliş uçun zarur bölgan könikmalarni ham rivojlantiradilar.

Festival öz işini davom ettiradi. 25-noyabr kuni Toşkentda akademik Ra’no Ubaydullayeva nomidagi "JAMIYATNI KÖRA OLIŞ" oliy ta’lim muassasalari örtasidagi sotsiologik tanlov bölib ötadi. Unda ön bitta talabalar jamoasi iştirok etadi.