14.11.2026
38
Sotsiologlar kuni muborak bölsin!
Hurmatli sotsiologlar, tadqiqotçilar, olimlar va tahlilçilar!
«Ijtimoiy fikr» respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi nomidan sizlarni kasb bayramingiz bilan çin dildan tabriklaymiz!
Uşbu sana öz faoliyatini jamiyatni örganiş, ijtimoiy jarayonlarni tadqiq etiş hamda dolzarb ijtimoiy muammolarga ilmiy asoslangan yeçimlar topişga bağişlagan ilmiy hamjamiyat vakillarini özaro birlaştiradi.
Global özgarişlar, demografik siljişlar va axborot texnologiyalarining jadal taraqqiyoti şaroitida sotsiologiya fanining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Sotsiologik tadqiqotlar jamiyat holatini xolisona baholaş, ijtimoiy kayfiyatni örganiş va ijtimoiy özgarişlarni prognoz qilişda muhim vosita bölib xizmat qiladi.
Har bir sotsiologik tadqiqot ortida nafaqat statistik körsatkiçlar, balki fuqarolarning fikr-mulohazalari, ehtiyojlari, manfaatlari va orzu-umidlari mujassamdir. Aynan jamoatçilik fikrini muntazam örganiş jamiyatda keçayotgan jarayonlarni yanada çuqurroq anglaş, dolzarb muammolarni öz vaqtida aniqlaş hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişning ustuvor yönalişlarini belgilaşda aholi manfaatlarini inobatga oliş imkonini beradi.
Amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar ijtimoiy özgarişlarni har tomonlama tahlil qiliş, ularning natijalariga xolisona baho beriş hamda davlat va jamiyat örtasidagi konstruktiv muloqotni mustahkamlaşni taqozo etayotgan bugungi Özbekistonda sotsiologik faoliyat alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Sotsiologlarning ilmiy xolislik, işonçlilik va metodologik puxtalik tamoyillariga tayangan kasbiy faoliyati milliy ilm-fanimizni rivojlantiriş, davlat boşqaruvini takomillaştiriş hamda qabul qilinayotgan qarorlar samaradorligini oşirişga salmoqli hissa qöşmoqda.
Sotsiologlar kuni kasbiy birdamlik, ilmiy an’analar davomiyligi hamda hayotini jamiyatni örganişga bağişlagan tadqiqotçilar mehnatining e’tirofi timsoli hisoblanadi.
Hurmatli hamkasblar!
Kasb bayramingiz — Sotsiologlar kuni muborak bölsin!
Sizlarga mustahkam soğliq, farovonlik, ulkan ilmiy zafarlar, tadqiqot loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oşiriş va samarali xalqaro hamkorlik tilaymiz.
Ilmiy izlanişlaringiz natijalari milliy sotsiologiya maktabining yanada ravnaq topişiga, jamoatçilik işonçining mustahkamlanişiga hamda yurtimizning izçil taraqqiyotiga munosib xizmat qilaversin!
Hurmat bilan,
«Ijtimoiy fikr» respublika
jamoatçilik fikrini örganiş markazi jamoasi!


