59

IF ONLINE — JAMOATÇILIK FIKRINI ÖRGANIŞNING YANGI PLATFORMASI

Tadqiqot faoliyatini takomillaştiriş va kengaytiriş doirasida «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi sotsiologik tadqiqotlar ötkazişning yangi formatini — IF-ONLINE onlayn-panelini işlab çiqdi va amaliyotga joriy etdi.  

IF ONLINE’ning joriy etilişi sotsiologik sörovlarda iştirok etuvçilar qamrovini kengaytiriş, ma’lumotlarni tezkor töplaş hamda jamoatçilik fikrini örganişda zamonaviy raqamli vositalardan foydalanişga qaratilgan.

IF ONLINE — bu onlayn formatda ötkaziladigan sotsiologik sörovlarda ixtiyoriy ravishda iştirok etişga tayyorligini bildirgan fuqarolarning şakllantirilgan ma’lumotlar bazasidir. Panel iştirokçilari ijtimoiy hayotning dolzarb masalalari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş hamda tadqiqotlarning boshqa mavzulari böyiça öz fikrlari, baholari va qaraşlarini bildiriş imkoniyatiga ega.

Onlayn-panel faoliyati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • Ixtiyoriylik va xabardorlik asosidagi rozilik — fuqarolarning sörovlarda iştiroki tadqiqot haqida zarur ma’lumotlar taqdim etilgandan söng ixtiyoriy asosda amalga oşiriladi.
  • Maxfiylik va şaxsga doir ma’lumotlarni himoya qiliş — iştirokçilarga oid ma’lumotlarning tegişli darajada himoya qilinişi ta’minlanadi.
  • Ilmiy asoslanganlik va tadqiqotlar sifati — metodologik jihatdan asoslangan yondashuvlar hamda töplanayotgan ma’lumotlarning işonçliligini nazorat qiliş tartib-taomillari qöllaniladi.
  • Şaffoflik va etik me’yorlarga rioya qiliş — iştirokçilar bilan işlaşning barça bosqiçlarida kasbiy va tadqiqot etikasiga oid me’yorlarga amal qilinadi.
  • Bazaning dolzarbligi va işonçliligi — panel muntazam ravishda yangilanadi, röyxatdan ötiş jarayonida ma’lumotlarning haqiqiyligi va takrorlanmasligi nazorat qilinadi.
  • İştirokçilar tarkibining muvozanatliligi — panelni şakllantirişda asosiy ijtimoiy-demografik va hududiy xususiyatlar hisobga olinadi.

IF ONLINE qöllab-quvvatlaş xizmati

Panel iştirokçilariga qulaylik yaratış maqsadida Telegram tarmoğida maxsus IF ONLINE qöllab-quvvatlaş xizmatining çati faoliyat yuritadi.

Bu yerda özingizni qiziqtirgan savollarni berişingiz, röyxatdan ötiş va sörovlarda qatnaşiş jarayonida yordam olişingiz, şuningdek, yuzaga kelgan texnik muammolar haqida xabar berişingiz mumkin. Mutaxassislarimiz zarur yordam körsatişga va batafsil tuşuntirişlar berişga tayyor.

IF ONLINE’ni rivojlantiriş «Ijtimoiy fikr» markazining jamoatçilik fikrini örganiş imkoniyatlarini kengaytiriş, tadqiqot yondashuvlarini takomillaştiriş hamda sotsiologik amaliyotga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etiş yölidagi muhim qadamdir.