17.11.2026
3
DAVLAT BAYROĞI – MILLIY ÖZLIK VA UMUMXALQ BIRDAMLIGI IFODASI
18-noyabr – Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği qabul qilingan kun. Joriy yilda uşbu tarixiy sananing 35-yilligi nişonlanmoqda.
Davlat ramzlari har bir mustaqil mamlakatning suvereniteti, milliy davlatçiligi va xalqaro maydondagi örnini ifoda etiş bilan birga, jamiyatning ma’naviy birligi va fuqarolik özligini anglaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği köp millatli xalqimizning umumiy Vatanga mansublik tuyğusi, milliy ğururi, özaro hamjihatligi va kelajak sari muştarak intilişlarini özida mujassam etgan muqaddas timsoldir.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu ğoya bugungi kunda xalqimizni umumiy maqsadlar sari birlaştiriş, fuqarolarning mamlakat taqdiriga daxldorlik tuyğusini mustahkamlaşda alohida ahamiyatga ega.
“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan ötkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari Vatan bilan faxrlaniş, milliy birdamlik, kelajakka işonç va mamlakat taqdiri uçun mas’uliyat tuyğusi fuqarolarimiz dunyoqaraşida muhim örin tutişini körsatdi.
Mazkur qadriyatlar jamiyatda ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlaş, fuqarolik faolligini oşiriş va mamlakatning barqaror taraqqiyotini ta’minlaşda muhim ma’naviy asos bölib xizmat qiladi.
Davlat bayroğimizga bölgan yuksak ehtirom, avvalo, Vatanimizga, xalqimizga, uning tarixi, buguni va kelajagiga bölgan hurmat ifodasidir.
“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi jamoasi barça yurtdoşlarimizni Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği qabul qilinganining 35-yilligi bilan çin qalbdan tabriklaydi!
Bir bayroq ostida birlaşgan xalqimizga tinçlik-osoyiştalik, mustahkam soğliq, farovonlik va yuksak zafarlar tilaymiz.
Bayroğimiz – birligimiz, ğururimiz va kelajakka işonçimiz timsolidir!


