12.11.2026
44
IQLIM ÖZGARIŞI: GLOBAL TAŞABBUSLAR, MILLIY USTUVORLIKLAR VA JAMOATÇILIK FIKRI
2026-yil 11-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiyaning Antaliya şahrida BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida taşkil etilgan Jahon iqlim sammitining oçiliş marosimida iştirok etdi.
Davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro taşkilotlar hamda moliyaviy institutlar vakillarini birlaştirgan mazkur nufuzli muloqot maydonida iqlim özgarişining salbiy oqibatlarini yumşatiş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, ekologik xavfsizlikni ta’minlaş va barqaror rivojlanişning samarali mexanizmlarini takomillaştiriş masalalari muhokama qilinmoqda.
Özbekistonning uşbu global jarayonlardagi faol iştiroki mamlakatning uzoq muddatli ekologik manfaatlari, iqtisodiy barqarorligi va aholi turmuş farovonligini ta’minlaş nuqtayi nazaridan strategik ahamiyat kasb etadi. Xususan, suv resurslari taqçilligi, çöllaniş, yerlar degradatsiyasi, atmosfera havosining ifloslanişi va ekstremal ob-havo hodisalari ekologik muammolar bilan bir qatorda, aholi salomatligi, bandligi, oziq-ovqat xavfsizligi va ijtimoiy hayot sifatiga ta’sir körsatuvçi muhim omillar hisoblanadi.
Sammit doirasida Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston hamkorligida işlab çiqilgan, umumiy qiymati 264,4 million yevro bölgan “Markaziy Osiyoda iqlim özgarişiga çidamli landşaftlar” (CLiCA) mintaqaviy dasturiga start berilgani ekologik muammolarga transçegaraviy hamkorlik asosida yondaşiş, tabiiy ekotizimlarni tiklaş va mahalliy aholining iqlim özgarişlariga moslaşuvçanligini oşiriş yölidagi muhim taşabbusdir.
Iqlim siyosati samaradorligini baholaşda ekologik jarayonlarning nafaqat tabiiy-iqtisodiy, balki ijtimoiy-psixologik jihatlarini, xususan, aholining ekologik xavflarni idrok etişi, jamoatçilik munosabati va fuqarolarning şaxsiy mas’uliyatini örganiş alohida ahamiyatga ega.
Şu nuqtayi nazardan, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan 2026-yil 13–17 iyul kunlari 615 nafar respondent iştirokida ötkazilgan “Fuqarolar atrof-muhitning holati haqida” mavzusidagi sotsiologik tadqiqot natijalari jamoatçilik ekologik ongi va munosabatlarining muhim xususiyatlarini oçib beradi.
Tadqiqot ma’lumotlariga köra, respondentlarning 49,6 foizi mamlakatdagi ekologik vaziyatni “örtaça”, 33,8 foizi “yaxşi” yoki “juda yaxşi” deb baholagan. Şu bilan birga, 16,0 foiz iştirokçi ekologik holat yuzasidan salbiy fikr bildirgan. Söralganlarning 59,0 foizi sönggi beş yilda ekologik vaziyat yaxşilanganini ta’kidlagan bölsa, 26,2 foizi uning yomonlaşganini qayd etgan.
Jamoatçilik tomonidan eng dolzarb deb baholangan ekologik muammolar orasida atmosfera havosining ifloslanişi (29,8 foiz), daraxtlarning kesilişi va yaşil hududlarning qisqarişi (23,6 foiz), çiqindilar bilan boğliq muammolar (21,0 foiz), haroratning me’yordan ortişi va ob-havo anomaliyalari (18,7 foiz), toza suv tanqisligi (18,5 foiz) hamda iqlim özgarişi va qurğoqçilik (17,2 foiz) alohida örin egallagan.
Mazkur körsatkiçlar ekologik xavflarning jamoatçilik ongida, avvalo, kundalik turmuş şaroiti, yaşaş muhiti sifati va tabiiy resurslardan foydalaniş imkoniyatlari orqali idrok etilişini körsatadi.
Tadqiqotning yana bir muhim natijasi jamoatçilik ekologik madaniyati va ijtimoiy mas’uliyati bilan boğliq. Respondentlarning 70,7 foizi sönggi beş yilda aholining tabiatga munosabati yanada ehtiyotkor va mas’uliyatli bölib borayotganini qayd etgan. Biroq 30,9 foiz iştirokçi jamiyatda atrof-muhitga nisbatan yetarliça e’tibor va ğamxörlik mavjud emasligini bildirgan.
Sotsiologik tadqiqot natijalari ekologik barqarorlikni ta’minlaşda aholining xabardorligi, şaxsiy mas’uliyati va amaliy iştirokini kuçaytiriş muhim ahamiyatga ega ekanini körsatadi. Şu bilan birga, fuqarolarning ekologik muammolarga munosabati va ularni hal etiş böyiça kutilmalari davlat siyosatining ustuvor yönalişlarini belgilaşda inobatga olinişi lozim bölgan muhim ijtimoiy omillardir.
Şu nuqtayi nazardan, “Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan ötkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlar aholining ekologik ehtiyojlari va xavotirlarini aniqlaş, hududiy hamda ijtimoiy-demografik tafovutlarni tahlil qiliş, şuningdek, amalga oşirilayotgan ekologik islohotlarning jamoatçilik tomonidan qanday qabul qilinayotganini baholaş imkonini beradi. Bunday ma’lumotlar COP31 doirasida ilgari surilayotgan xalqaro taşabbuslar bilan milliy ekologik siyosat örtasidagi ijtimoiy boğliqlikni çuqurroq anglaşga xizmat qiladi.
Zero, iqlim özgarişiga qarşi kuraşişda texnologik yeçimlar, moliyaviy resurslar va xalqaro hamkorlik bilan bir qatorda, jamiyatning ekologik madaniyati va fuqarolarning faol iştiroki ham hal qiluvçi ahamiyatga ega. Ekologik mas’uliyatning kundalik hayot me’yoriga aylanişi esa mamlakatning uzoq muddatli ekologik barqarorligi va kelajak avlodlar farovonligini ta’minlaşning muhim şartlaridan biridir.
Manba: Özbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti, 2026-yil 11-noyabr.
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan 2026-yil 13–17-iyul kunlari Özbekiston Respublikasining barça hududlarida mobil telefon aloqasi abonentlari içidan tasodifiy tanlaş usuli bilan ötkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari.


