3

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni: xabardorlik va umidlar

O‘zbekistonda jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va barkamol rivojlangan avlodni shakllantirish, bolalar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, har bir bola salohiyatining rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, oila instituti va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida onalik va bolalikni muhofaza qilish, bolalarning ta’lim, malakali tibbiy yordam, ijtimoiy xizmatlar olish imkoniyatlarini kengaytirish, bolalarning huquq va erkinliklari kafolatlarini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilangan.

Yozning birinchi kuni – 1 iyun butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni nishonlanadi. Mamlakatimiz aholisining 40 foizini 18 yoshgacha bolgan bolalar tashkil etadi. Bu kattalarga insonparvar va adolatparvar jamiyatni shakllantirish uchun zarur shartlar sifatida bolalarning hayotga bolgan huquqiga rioya qilinishi, fikrlar va diniy etiqod erkinligi, ta’lim olish, dam olish va bosh vaqtga ega bolish, ruhiy va jismoniy zoravonlikdan himoyalanish, bolalar mehnatining ekspluatatsiya qilinishdan himoyalanishi kerakligi haqidagi bir eslatmadir.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni: xabardorlik va umidlar” mavzusida telefon so‘rovi o‘tkazmoqda. Tadqiqot mamlakatimizda bolalar huquqlari qay darajada himoya qilinishi, zamonaviy jamiyatda bolalarga tegishli qaysi muammolar dolzarbroq hisoblanishi, bugungi kunda bolalar tarbiyasi va ijtimoiy himoyasining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida o‘zbekistonliklarning fikrlarini aniqlashga bag‘ishlangan. So‘rov natijalari asosida tayyorlangan xulosa va tavsiyalar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.