3

Bolalar - har bir inson hayotini quvonch va baxtga limmo-lim toldirguvchi mo’jizalar timsoli, hayotimizdagi ulkan baxtning jajji nishonalaridir.

Dunyoda inson nigohini yashnatib yuboradigan narsalar ichida eng yaxshisi va chiroylisi – bu bolalar tabassumi. Ushbu tabassumga yo‘g‘rilgan beg‘uborlik va ishonch hatto eng qattiq qahrlaru muzlagan yuraklarni ham eritib yuboradi. Bolalar – bu tabiat mo‘’jizasi, bolalik esa istalgan inson hayotidagi eng unutilmas, sehrli va betakror lahzalar makoni.

 Bas, shunday ekan, dunyodagi har bir bola sehr va ulug‘vorlikka to‘la dunyoda ulg‘ayishga, o‘zini mehr-muhabbat og‘ushida va yaqinlari himoyasida his qilishga munosibdir. Negaki, bolalar jonajon mamlakatimizning, bepoyon dunyoning, ulkan ona sayyoramizning kelajagi hisoblanadi.  

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Мarkazi Хalqaro bolalarni himoya qilish kunida hayotimizning gullari bo‘lmish barcha bolalarga sog‘lom hayot va baxtga to‘liq, betashvish bolalik damlarini tilaydi. Bolalar tabassumi sayyoramizni nurga to‘ldirsin, toki bu yog‘duda har bir bolakay baxtli va sog‘lom hamda barkamol inson bo‘lib ulg‘aysin!

 

Bayramingiz bilan, aziz bolajonlar!