3

Ozbekistonda sotsiologik tadqiqotlarni yanada rivojlantirishning dolzarb yonalishlari

2021-yil 31-may kuni soat 16:00 da (Toshkent vaqti bo‘yicha), onlayn-shaklda (Zoom), “O‘zbekistonda sotsiologik tadqiqotlarni yanada rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari”, mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi, Toshkentdagi Хalqaro Vestminster universiteti, “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi, O‘zbekiston Sotsiologlar assotsiasiyasi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiasiyasi konferensiya tashkilotchilari bo‘lishdi. Konferensiyada mamlakatimiz va xalqaro ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining vakillari ishtirok etdilar.

Konferensiyada Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Komiljon Karimov, Toshkentdagi Хalqaro Vestminster universiteti rektori Bahrom Mirqosimov, “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o'rganish markazi direktori Nigina Raximova, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiasiyasi raisi Kamoliddin Eshonxo‘jayev kirish nutqi so‘zladilar.

Quyidagilar konferensiya spikerlari bo‘lishdi: Kaliforniya universiteti professori, sotsiolog Viktor Agajanyan (Los-Anjeles, AQSh), Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov (Toshkent, O‘zbekiston), “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktorining amaliy tadqiqotlar bo‘yicha o‘rinbosari-ijrochi direktori Marat Xadjimuxamedov (Toshkent, O‘zbekiston) va IFPRI Markaziy Osiyo bo‘yicha dasturlari ilmiy xodimi va rahbari Komiljon Akramov (Vashington, AQSh).

Konferensiya yakunlari bo‘yicha xorijiy sotsiologlar tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va O‘zbekistonda sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan olimlar, mutaxassislar o‘rtasida fikr-mulohazalar va amaliy takliflar almashinildi.