3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Оdam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 30-iyuldagi PF-5775-son Farmoni va odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Мarkazining tezkor tadqiqotlar bo‘limi – “Call-center” – odam savdosi masalalari bo‘yicha mamlakatimiz fuqarolarining fikrini, xabardorlik darajasini, ushbu jinoiy faoliyatning sabablari va oqibatlarini, shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashish bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga aholi tomonidan beriladigan bahoni aniqlash maqsadida “Оdam savdosi: fuqarolarning xabardorligi, jinoyatlar sabablari va unga qarshi kurashish” mavzusidagi telefon so‘rovini boshladi.

Sorovda mamlakatning barcha mintaqalarida yashovchi fuqarolar, erkaklar va ayollar, yoshlar, orta va katta yosh vakillari ishtirok etadilar.

Olinadigan natijalar mamlakat fuqarolari tomonidan odam savdosi muammosi keskinligining anglanishi, ularning jinoyat paydo bo‘lishining asosiy sabablarini tushunishi to‘g‘risida xolis va aniq ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, inson shaxsiga, eng avvalo, uning hayotiga daxl qiluvchi, jamiyat uchun jiddiy tahdid sifatida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishda istiqboldagi strategiyani shakllantirish haqida fuqarolarning fikri va takliflarini aniqlash imkonini beradi.