3

Zamonaviy O‘zbekiston jamiyatida ayollarning rolini oshirish to‘g‘risida fuqarolarning fikrini tizimli o‘rganish, mavjud muammolarni, ehtiyoj va manfaatlarni tahlil qilish, O‘zbekiston ayollarining asosiy qadriyatlar yo‘nalishlari va ularning ustuvorliklari, hayotiy maqsadlari va pozitsiyalarini aniqlash maqsadida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Мarkazining tezkor tadqiqotlar bo‘limi – “Call-center” tomonidan “O‘zbekiston ayollari – xususiyatlar, muvaffaqiyatlar, da’vatlar va kayfiyatlar” mavzusida telefon so‘rovi o‘tkazilmoqda. Sotsiologik tadqiqot natijalari O‘zbekiston ayollarining ijtimoiy kayfiyati, ishga joylashish va bandlik masalalari, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy himoyalash va moddiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularga yangicha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish to‘g‘risida so‘rov ishtirokchilarining fikrini taqdim etish imkonini beradi.

Shuningdek, “Ijtimoiy fikr” RJFO‘M monitoring guruhi tomonidan foydalanuvchilar o‘rtasida eng ommabop elektron ommaviy axborot vositalarining doimiy kontent-tahlili o‘tkazilmoqda. Kontent-tahlilning maqsadi davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida, mamlakat ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotida ayollarning faol ishtiroki va maqomi Internet makonda yoritilishini o‘rganishdir.