189

BAYRAM TABRIGI

Oʻlkamizga baxt va bahor elchisi, yangilanish fasli, xalqimizning azaliy  bayrami, sharqona yilboshi – Navroʻzi olam kirib kelmoqda. Navroʻzi olam barchamizga muborak boʻlsin!

Yurtimizda Navroʻz ayyomining oʻrni boʻlakcha. Navroʻz tufayli Vatan tuprogʻi, ona zamindagi har bir giyoh koʻzga toʻtiyo qilinadi. Navroʻz - insoniylik, mehr-oqibat va bagʻrikenglik ayyomi. Uning mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan  qatʼi nazar, barcha yurtdoshlarimiz uchun umumxalq bayramiga, eng sevimli va ardoqli ayyomga aylangani bejiz emas. Zero, aynan shu bayramda millatlararo doʻstlik, oʻzaro hurmat, saxovat va muruvvat tuygʻulari yaqqol namoyon boʻladi.

Barchangizni Navroʻz bayrami bilan tabriklaymiz va hamisha mustahkam sihat-salomatlik, shodu xurramlik, yangi kuch-gʻayrat, yurtimizga  tinchlik-farovonlik  tilaymiz.

Elimiz dasturxoni fayzu barakaga toʻlsin!

Navroʻzi olamingiz muborak boʻlsin!

 

 

“Ijtimoiy fikr” respublika

 jamoatchilik  fikrini

 oʻrganish Markazi