28.08.2020
332
Hurmatli yurtdoshlar!
Yurtimizda pandemiya davom etayotgan bir paytda «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi kichik ilmiy xodimi Sa'dulla G‘aybullaev tomonidan “Buxorolik shayx va elchi qismati” nomli 8,5 bosma toboqli kitob yozilib, nashrdan chiqarildi. Kitobda vatandoshimiz, atoqli tilshunos, elchi va shoir *Shayx Sulaymon Afandi O‘zbakiy al-Buxoriyning* (1821-1890) tarjimai holi va ijodiy-ilmiy faoliyati o‘zbek tilida birinchi marta to‘liq yoritib berilgan. Uning "Lug‘ati chig‘atoy va turki usmoniy" kitobi asosida venger olimi I.Kunosh 1902 yilda birinchi marta o‘zbekcha-turkcha-nemischa lug‘at tuzgan va Budapeshtda chop ettirgan. Har ikki kitob hanuzgacha ilmiy-amaliy ahamiyatini yo‘qotmagan. Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, Shayx Sulaymon usmonlilarning ikkita ordeniga sazovor bo‘lgan yagona vatandoshimizdir. U uchinchi darajali “Majidiya” va to‘rtinchi darajali “Usmoniya” ordenlari bilan taqdirlangan.
Kitob keng kitobxonlar ommasiga, badiiy-ilmiy adabiyot ixlosmandlariga mo‘ljallangan.
Muallif ushbu kitobning yuzaga kelishiga beg‘araz yordam bergan saxovatli insonlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.