170

Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida 2024 - yil 1-avgustdan boshlab tadqiqotchilar uchun “English for Science” bepul o‘quv dasturini onlayn shaklda amalga oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur dasturning asosiy maqsadi 1000 nafar saralab olingan tadqiqotchining akademik ingliz tilidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarga maqolalarini tayyorlashga amaliy yordam berishdan iborat.

Shu munosabat bilan, ushbu dasturni keng targ‘ib qilinishida hamda ishtirok etish istagini bildirgan professor-o‘qituvchi, ilmiy xodim, izlanuvchilar va stajor-tadqiqotchilarni joriy yilning 10-iyul sanasiga qadar quyida keltirilgan havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini ma’lum qiladi.

“English for Science” o‘quv dasturi uchun ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://shorturl.at/mDqqw