26.01.2024
151
FUQAROLARNING JAMOATCHILIK FIKRI SOʻROVLARIGA MUNOSABATI
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi tomonidan, mamlakatimiz fuqarolari orasida “Fuqarolarning jamoatchilik fikri soʻrovlariga munosabati” mavzusida sotsiologik soʻrov oʻtkazish boshlandi.
Ushbu soʻrov oʻtkazilishidan maqsad mamlakatimiz fuqarolaridan, aholi oʻrtasida jamoatchilik fikri soʻrovlarining oʻtkazilishiga munosabati, jamoatchilik fikri soʻrovlari nima uchun kerakligi, soʻrovlarni oʻtkazishdan jamiyatga foydasi, oʻtkazilayotgan jamoatchilik fikri soʻrovlarining natijalari haqiqatan ham fuqarolarning fikrlarini aks ettiradimi kabi fikrlarini oʻrganishdan iborat.
Shuningdek, mamlakatimiz fuqarolari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovlar natijalari qanchalik qiziqarliligi haqida yurtdoshlarimizning fikr-mulohazalari oʻrganilyapti.