01.02.2022
688
2021 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi «Ochiqlik indeksi» natijalari e'lon qilindi. Ushbu ma'lumotlarga ko‘ra «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi taqdim qilingan 100 tashkilot o‘rtasida 15 o‘rinni egalladi. Bu bu davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, axborot olish erkinligini ta'minlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning «Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-son Farmoni qoidalarini amalga oshirish yo‘li bilan jamoatchilik nazoratining takomillashtirilayotganligi haqida dalolat beradi.