242

Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida eng faol 40 nafar rahbar ayollar

“Yuksalish” umummilliy harakati mutaxassislari tomonidan Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda davlat organlari va tashkilotlaridagi eng faol qirq nafar rahbar ayollar roʻyxati yangilandi. Eng faol 40 nafar rahbar xotin-qizlar roʻyxatidan nodavlat sektorining bir necha vakillari ham joy olishdi, zero, ular davlat siyosatini shakllantirish va qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etmoqdalar. Nodavlat sektori vakillari orasida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori Nigina Rahimova ham bor.

Ekspertlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, mamlakatda tarkibiy va institutsional oʻzgarishlar davom etmoqda, gender tenglik sohasidagi qonunchilik takomillashtirilib, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va maqomi yanada oshmoqda.

Bugungi kunda xotin-qizlarning siyosiy partiyalardagi ulushi 47%ga, oliy taʼlimda - 40%ga, tadbirkorlikda esa 37%ga yetdi. Xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlardagi ulushi 33%ni tashkil etmoqda. Ayni vaqtda xotin-qizlar mamlakatdagi 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga rahbarlik qilmoqdalar.

 

 

Manba: @uzbyuksalish