01.03.2022
312
Mamlakat Mudofaa vazirligida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
2022 yil 24 fevral' O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar Bosh boshqarmasida “Harbiy psixolog va sosiologlarning kasbiy faoliyatining hozirgi tendensiyalari, muammolari va istiqbollari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Psixologlar va sosiologlarning samarali kasbiy faoliyatini ta'minlaydigan asosiy tarkibiy qismlarni chuqur o‘rganish va shu asosda psixologik xizmat mutaxassislarini, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining komandirlari va boshliqlarini yanada rivojlantirishga yordam beradigan tegishli uslubiy takliflarni ishlab chiqish uning maqsadi bo‘ldi.
Konferensiyada “Ijtimoiy fikr" Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining Tezkor tadqiqotlar bo‘limi mutaxassislari Tojiboev Azizbek Bahodir o‘g‘li va Boboev Sherzod Norqo‘zievich "Harbiy xizmatchilar orasida sosiologik tadqiqotlar o‘tkazish metodologiyasi" mavzusida ma'ruza qildilar, unda sosiologik tadqiqotlar o‘tkazishning zamonaviy yo‘nalishlari va usullari hamda “Ijtimoiy fikr" RJFO‘M ilmiy-kasbiy faoliyatining xususiyatlari ochib berildi.
* Fotomaterial Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi