491

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, YuNESKOning MOST dasturi bo‘yicha Milliy muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida «O‘zbekistonda jamoatchilik fikrini o‘rganish va shakllantirishning dolzarb muammolari: nazariya, uslublar, amaliyot» mavzusidagi doimiy ilmiy-amaliy seminar doirasida buyuk mutafakkir va shoir, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, atoqli davlat va jamoat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda shoh va buyuk shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning 539 yilligiga bag‘ishlanib, “Ma'naviyatimiz sarchashmalari” mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Markaz yoshlari tomonidan tayyorlangan “Navoiy hikmatlari” loyihasining taqdimoti o‘tkazildi, buyuk shoirlar g‘azallaridan namunalar o‘qildi.

Tadbir so‘nggida A.Navoiy va Z.M.Boburning tavallud kunlariga bag‘ishlab tayyorlangan “Ma'naviyatimiz sarchashmalari” mavzusidagi videoloyiha namoyishi o‘tkazildi.