02.03.2022
303
Ochiqlik indeksi
2022 yil 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stona munosabatlar qo‘mitasi binosida "Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik: davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assosiasiyasi uning tashkilotchilari bo‘lishdi.
Seminarda mamlakat Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, "YuKSALISh" umummilliy harakati va Taraqqiyot strategiyasi markazi rahbarlari ishtirok etdilar.
Tashkilotchilarning taklifiga binoan seminarda "Ijtimoiy fikr" Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori N.X.Rahimova ishtirok etdi. 2021 yilda e'lon qilingan "Ochiqlik indeksi" tanlovi yakunlari bo‘yicha taqdim qilingan 100 tashkilotning top yigirmataligiga kirgan hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini, axborot erkinligini, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarda yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida"gi Farmonida belgilangan vazifalarni bajarishni ta'minlash tamoyilini tasdiqlagan "Ijtimoiy fikr" RJFO‘M rasmiy veb-saytiga tantanali ravishda sertifikat topshirildi.