26.10.2020
295
Joriy yilning 27 oktyabr' kuni“Pandemiya sharoitlarida ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar va O‘zbekiston aholisining kambag‘allik darajasini qisqartirish” mavzusida XII Xalqaro iqtisodchilar forumi o‘tkazish belgilangan (ma'sul – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligi xamda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti).
Forum mavzulari va ma'ruzachilari:
Xose Fransisko Pacheko Ximenez – “Ijtimoiy himoya milliy strategiyasini ishlab chiqishda davlat moliyasini boshqarish va fiskal maydonini tahlil qilish”;
Mamatkulov Ilxom Abdurashidovich – “O‘zbekistonda qambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilgan va ustuvor vazifalar”;
Raximova Nigina Xayrullaevna – “Aholi farovonligi va turmush sifatini yaxshilash borasida zamonaviy O‘zbekiston jamiyati stratifikasiyasining o‘ziga xos xususiyatlari”;
Aliev Umid Farxodovich – “Bolalar kambag‘alligini kamaytirish va bolalarga ijtimoiy nafaqalar to‘lash tizimini isloh qilish”;
Chepel' Sergey Vasil'evich – “Milliy iqtisodiyotni krizis va krizisdan so‘ng rivojlantirish ssenariylari: yangi xavf-xatarlar va yuzaga kelayotgan imkoniyatlar”;
Gregori De Paepe – “O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini moliyalashtirishni baholash”;
Zokirova Nodira Kalandarovna – “Raqamli iqtisodiyot sharoitida inson kapitali sifatini oshirish”.
Ushbu forumda ishtirok etishni xohluvchilar quyidagi telefon raqamga murojaat qilishlari mumkin:
+998 (91) 191 3057