11.10.2020
372
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi «Sud-huquq tizimi jamoatchilik fikri ko‘zgusida» mavzusida sosiologik so‘rov o‘tkazmoqda. Mazkur sosiologik so‘rov mamlakatimizning barcha viloyatlari bo‘ylab, jumladan Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9-19 oktyabr' kunlari davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
So‘rov davomida jami 1100 nafar respondentlar qamrab olinib, ma'lumotlar shaxsiy muloqot-interv'yu usulida bevosita suhbat o‘tkazish orqali Markaz mutaxassislari ishlab chiqqan yagona andozaviy so‘rovnoma bo‘yicha to‘planib boriladi.
“Ijtimoiy fikr” Markazi tomonidan amalga oshirilayotgan sosiologik so‘rov, avvalam bor mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish bilan birgalikda, mazkur yo‘nalishdagi davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni o‘rganishga qaratilgan.