443

XALQARO OILA KUNI

Oila jamiyatni taraqqiyotida, yoshlarni tarbiyalash va keksa avlodni qo‘llab-quvvatlashda birinchi darajali ahamiyatga egadir. Oila har bir insonning ishonchli tayanchi va madad manbai bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda, u onalik va otalik baxtini beradi, yosh avlodning xulq-atvori va hayotiy qadriyatlarini tarbiyalaydi va shakllantiradi. Baxtli, mustahkam va do‘stona oila mamlakatimiz muvaffaqiyati va farovonligining asosidir.
Xalqaro oila kuni arafasida «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi «O‘zbekistonliklar oila to‘g‘risida: tasavvurlar va ustuvorliklar» mavzusida telefon so‘rovini o‘tkazdi, o‘zbekistonliklarning zamonaviy oila, uning ijtimoiy institut sifatidagi roli haqidagi fikrini aniqlash uning maqsadi bo‘ldi.
O‘tkazilgan jamoatchilik fikri so‘rovi natijalari oila o‘zbekistonliklar uchun noyob va almashtirib bo‘lmaydigan qadriyat hisoblanishi, fuqarolar o‘z hayotlarini oila, mehr-muhabbat, bolalar, nikoh va oilaviy munosabatlarsiz tasavvur qila olmasliklari haqidagi ishonchni tasdiqlaydi. Jamoatchilik fikriga ko‘ra, oila O‘zbekiston fuqarolarining asosiy hayotiy qadriyati, jamiyatning axloqiy poydevori, ma'naviyat o‘chog‘i, milliy an'ana va urf-odatlarning muhofizi va munosib avlodni tarbiyalash va ijtimoiy tajribani o‘tkazishni ta'minlaydigan eng muhim ijtimoiy institut bo‘lib qolmoqda.
Xalqaro oila kunida Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi barcha o‘zbekistonliklarni bu shonli bayram bilan tabriklaydi. Sizning oilangiz uchun bu kun mustahkam tuyg‘ular, g‘amxo‘rlik va o‘zaro tushunish ramziga aylansin. Sizning lilaviy hayotingizga o‘zaro mehr-muhabbat, baxt, salomatlik, go‘zallik, to‘kinlik va farovonlik yor bo‘lsin!