315

“JAMOATChILIK FIKRINI O‘RGANISh VA ShAKLLANTIRIShNING DOLZARB

MUAMMOLARI: NAZARIYa, USLUBLAR, AMALIYoT”
xalqaro ilmiy-amaliy seminar

2022 yil 24 fevral' kuni “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VSIOM, Rossiya), YuNESKOning MOST Dasturi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston sosiologlari assosiasiyasi (O‘zSA), «INSA-CONSULERE» Bozor va ijtimoiy tadqiqotlar instituti (Germaniya) va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda “Jamoatchilik fikrini o‘rganish va shakllantirishning dolzarb muammolari: nazariya, uslublar, amaliyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘tkazdi.

Seminarning mavzusi: “Zamonaviy sosiologiyaning rivojlanishida jamoatchilik fikrining o‘rni”.

Seminar ishtirokchilari e'tiboriga “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi direktorining fan va innovasiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, sosiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) V.S.Alekseeva va “Ekspress-tadqiqotlar” bo‘limi rahbari M.Sh.Seitovlarning «Zamonaviy jamiyatda jamoatchilik fikrini o‘rganish: amaliyot va istiqbollar (jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalari asosida)» mavzusidagi ma'ruzasi havola etildi. Ma'ruza mazmun-mohiyati bilan jamoatchilik fikri so‘rovlari fuqarolik jamiyatining ijtimoiy kayfiyatni, eng muhimi, fuqarolarning fikrini aks ettiradigan va namoyish etadigan muhim vositasi ekanligini tasdiqlaydi.

Seminarda ta'kidlanganidek, jamoatchilik fikri ilgari hech qachon bugungiday - Yangi O‘zbekistondagi kabi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmagan va ta'sirchan kuch hisoblanmagan. Jamoatchilik fikrining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etmoqda, u O‘zbekiston jamiyatining eng to‘liq "manzarasi"ni, uning jamiyat hayotining turli: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy sohalariga daxldor bo‘lgan haqiqiy ehtiyojlari va manfaatlarini yaratishga ko‘maklashishga qaratilgan.

Seminar yakunida jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yanada takomillashtirish, insonning ijtimoiy tizimdagi roli va o‘rni tobora ortib borishi, har kimning fikri ilmiy qiziqish uyg‘otishi va istiqboldagi ijtimoiy rivojlanish maqsadlari va yo‘nalishlarini tanlashda amaliy ahamiyatga egaligi tufayli fuqarolarning fikri va tasavvurlarini o‘rganish tadqiqotlarini rivojlantirish masalasi dolzarblashayotganligi shak-shubhasiz ekanligini jamoatchilik fikrini o‘rganishning ko‘p yillik tajribasi tasdiqlashi to‘g‘risidagi fikr va mulohazalar almashinuvi bo‘ldi.